2 months agoQadrli yurtdoshlar, aziz vatandoshlar!
Bugun 21-oktabr O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligiga 35 yil to'lganligi munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz.
Darhaqiqat, inson uchun kindik qoni to‘kilgan Vatani, dunyoga keltirib voyaga yetkazgan ota-onasi qanchalik aziz va mukarram bo‘lsa, uning o‘zligi va ma’naviy olamini belgilaydigan ona tili ham shunchalik qadrli va moʻtabardir. Shubhasizki, buyuk allomalarimizning "Barcha ezguliklar tildan boshlanadi”, degan so‘zlarida teran haqiqat mujassam.
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy bobomizning “Tilga e’tibor – elga e’tibor”, degan dono o`gitlariga amal qilgan holda, yurtimizda til masalasida olib borilayotgan davlat siyosati inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan islohotlarga har tomonlama uyg‘un va hamohangdir.
Sizlarni yana bir bor O‘zbek tili bayrami bilan samimiy qutlagan holda, barchangizga mustahkam salomatlik, oilangizga qut-baraka, tinchlik va farovonlik tilaymiz. Ona tilimizning so‘nmas ziyosi ongu tafakkurimiz, qalblarimizni hamisha yoritib tursin!
Hurmat bilan,
Bekzod Mamatqulov